menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Yoshligimga

Xurshid Rasulovhuatong
Uzbeknavohuatong
歌词
作品
Gohi shunday paytim keladi,

Sizga bir gap aytgim keladi,

Qursin ko'ngilning ko'chasi demang,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Dadam so'zin tinglagim kelar,

Bag'rida bir uxlagim kelar,

Quchib-quchib yig'lagim kelar,

Yoshligimga qaytgim keladi.

***Music***

Onam yopgan issiq nonlarni,

Eslab dost-u qadrdonlarni,

Sog'indimda o'sha onlarni,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Olislardan chorlar bir nigoh,

Qaytolmasam mendami gunoh?

Ilk sevgimga yagona guvoh –

Yoshligimga qaytgim keladi.

***Music***

Umr asli besh kunlik safo,

Gohi safo, gohida jafo,

Tashlab ketgan o'sha bevafo

Yoshligimga qaytgim keladi.

Siz ham mendek ezilgan chog'da,

Kezganmisiz xazonli bog'da?

Qumsab A’zam yuragi dog'da,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Yoshligimga qaytgim keladi,

Yoshligimga qaytgim keladi,

Sog'inganda o`sha onlarni,

Yoshligimga qaytgim keladi.

更多Xurshid Rasulov热歌

查看全部logo