Mr Federico
Tongda quyosh bo’lib, tunlari
Yulduz bo’lib boqasan
osmonlardan endi sen,
Do’stlaring qalbida
mangu o’chmas hotirasan,
Aslo tark etmagansan, bizni sen.
Yonimizda, bir umr yonimizda,
Qalbimizda yashaysan sen, do’stim.
Seni unutmaymiz bir zum
Yonimizda yurgandek yonimizda,
Yuragimiz to’rida sen borsan.
Borsaaan..
O’g’lingiz ko’zida aks etar ko’zingiz,
Ota onangiz quvonchi bo’lgan edingiz.
Tengsiz ijodingiz bugun
ro’yobga chiqqanda ,
Yonimizda emassiz , afsus hech-hech .
Yonimizda, bir umr yonimizda,
Qalbimizda yashaysan sen, do’stim.
Seni unutmaymiz bir zum ,
Yonimizda yurgandek yonimizda,
Yuragimiz to’rida sen borsan
Sen borsan
Hech kimdan yordamni siz ayamasdingiz,
Men unuta olmasman buni hech.
Siz kabi mo’min inson aziz bo’lgan,
Har on qo’shiqlarim qanotida qoldingiz.
Yonimizda, bir umr yonimizda,
Qalbimizda yashaysan sen, do’stim.
Seni unutmaymiz bir zum ,
Yonimizda yurgandek yonimizda,
Yuragimiz to’rida sen borsan
Sen borsan
Bu dunyo baribir bir kam ekan,
Gohi dard, gohida malham ekan.
Yolg’iz yaratganga ayon inson taqdiri,
Abadiy yasholmas odamlarni hech biri.
Yonimizda, bir umr yonimizda,
Qalbimizda yashaysan sen, do’stim.
Seni unutmaymiz bir zum ,
Yonimizda yurgandek yonimizda,
Yuragimiz to’rida sen borsan
borsan...