Sherali Jo'rayev - Karvon (minus)
By. Yunus
Bir zamonlar kishilarni to’ylarini o’tkazib yuradigan,
Dostonlar aytadigan bir baxshi yigit bo’lgan ekan.
O’sha yigit tog’ning bu tomoniga o’tib,
Bir odamning to’yini o’tkazib, o’z yurtiga qaytib kelayotsa,
Tog’ning bu tomonida cho’ldan kelayotgan
Bir karvonga ko’zi tushibdi.
Karvonboshini to’xtatib, so’ray boshlabdi:
“Bu, tuyalarning ustida qizlar doira chalib,
Ashula aytib kelyapti, yigitlar oldinda shirakayf,
Ot o’ynatib kelishayabdi. Qayoqqa ketyabsizlar?”, deb sorapti
Shunda karvonboshi yigitga javob qilibdi:
“Biz falon qishloqdan, falonchining qizini kelin qilib,
Tog’ning bu tomoniga olib ketayabmiz depti”.
Shu payt yigit bilibdiki, o’zi ahdu-paymon qilgan qizni
O’sha karvonda kelin qilib olib ketishayotgan ekan
Qiz ham tuyaning ustida o’tirib, qizlarning orasidan
Bu yigit va karvonboshining savol-javobini eshitib,
Yig’lab turganini yigit ko’rib qolibdi.
Shunda yigit qizga qarab:
“Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor”,
Deb Aytib turgan ekan.
Karvon ko’rdim tuyalari bo’zlab kelar,
Nortuyada meni yorim izlab kelar.
Karvon ko’rdim tuyalari bo’zlab kelar,
Nortuyada meni yorim izlab kelar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
By. Yunus
Karvon yo’li ketgunicha qizg’aldoq zor,
Yig’lamagin, yig’lagandan dunyo bezor.
O’ynab-o’ynab, kulib-kulib ketayvergin,
G’amga o’zim xaridorman, o’zim bozor.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
By. Yunus
Qorli tog’dan naridadir o’zga diyor,
O’zga yurtda kelin bo’lib qolishing bor.
O’zga yurtda o’z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o’z yurtingga bo’l intizor.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
By. Yunus
Men-chi, menga goh g’am to’lar, alam to’lar,
Gohi shodlik, gohida g’am nolam to’lar.
Bu dunyoki, meni ko’nglim yarim etding,
Yarmi bilan kuylasam ham olam to’lar.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
Karvon ko’rdim tuyalari bo’zlab kelar,
Nortuyada meni yorim izlab kelar.
Karvon ko’rdim tuyalari bo’zlab kelar,
Nortuyada meni yorim izlab kelar
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar
By. Yunus